Janubiy Koreyada yoqilg’i narxlari yana ko’tarilmoqda.

Janubiy Koreyada benzin narxi oxirgi ikki oyda ketma-ket pasayib kelgan bo’lsa, endilikda narxlar yana o’smoqda deb xabar qiladi Korea Herald internet nashri. Buning asosiy sababi jaxon bozorida neft narxining barqarorlashayotgani deb ta’kidlangan va 8-iyul holatiga ko’ra 1 litr benzin narxi 1,359 won (1,16$) ni tashkil etgan. Bunday yuqori narx oxirgi marta aprel oyida qayd etilgan va o’shanda 1 litr benzin narxi 1362 won edi.

May oyining o’rtalarida benzin narxi pandemiya tufayli 1,247 wonga tushib ketib, narxlarning yana oshib borishi aholi o’rtasida pandemiya sharoitida jamoat transportidan foydalanishga cho’chib o’z avtomobillaridan foydalanayotgani uchun norozilik uyg’otmoqda. Dizel yonilg’isi ham may oyi o’rtalarida 1 litriga 1,058 won bo’lgan bo’lsa, hozirda 1,162 won bo’lib turibdi. Neft narxi esa Koreyaga asosiy import qilinuvchi Dubay brendi bir barreli 43,09 dollar va Brent nefti bir barreli 43,08 dollarni tashkil etmoqda.

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!