Janubiy Koreyadan uy sotib oladigan chet elliklar mahalliy aholidan ko’ra kattaroq summada soliq to’lashlari mumkin

Endilikda Janubiy Koreyada uy sotib oladigan chet elliklar mahalliy aholidan ko’ra kattaroq summada soliq to’lashlari mumkin deb xabar qilmoqda Korea Times internet nashri. Buning asosiy sababi sifatida aynan chet ellik investorlar ko’p miqdorda Koreyadan uy-joy va ko’chmas mulklar xarid qilishlari sababli narx oshib ketishiga olib kelmoqdalar. Buning ortida chet elliklar uchun uy-joy xaridi chog’ida alohida soliq stavkalarini joriy etish ko’chmas mulk bozorida narxlar barqarorlashishi va koreyslarning o’z shaxsiy uyiga tezroq ega bo’lishiga sabab bo’lishi kutilmoqda.

Misol uchun Koreya Uy-joy vazirligi tomonidan e’lon qilingan hisobotga ko’ra ikki yoshli Amerika fuqarosining Kyongi-do provinsiyasi Yongin shahrida katta hududni egallagan uy-joyi mavjudligi ham aholida norozilik uyg’otgan. Uy-joyni ijaraga olgan koreyslar o’z vatanida chet elliklarga katta miqdorda ijara haqi to’lashga majbur bo’lishi ham ko’pchilikka ma’qul bo’lmayapti. Birgina o’tgan oyning o’zida xorijliklar tomonidan Koreyada 2900 dan ortiq uy-joy oldi-sotdi shartnomalari imzolangan. Ayniqsa Xitoyliklarning koreys uy-joylari savdosida ulushi katta bo’lib, agarda hukumat chet elliklarga kattaroq summadagi soliqni joriy etsa, mamlakatga xorijlik investorlar kirib kelishi oqimi pasayib ketishi ham mumkin deb ta’kidlangan.

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!