Koreyaning O’zbekistondagi elchixonasi mamlakatga kirish uchun taqdim etilishi lozim bo’lgan koronavirus mavjud emasligi sertifikatini qayerdan olish mumkinligini e’lon qildi

Koreya Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi rasmiy saytida joylashtirilgan e’longa ko’ra elchixona tomonidan belgilangan tahlil laboratoriyalarida uchib ketishdan 48 soat avval COVID-19 alomati mavjud emasligi haqidagi PZR tahlilidan o’tishlari lozimligi begilab qo’yildi. Quyida keltirilgan ikkita tibbiy markaz sertifikatlari elchixona tomonidan qabul qilinadi:

1. Swiss Lab – Toshkent shahar, Asadulla Xo’jayev ko’chasi, 1-a uy, telefon raqami: +998-95-145-00-06
2. Vitros Diagnostics – Toshkent shahar, Kichik xalqa yo’li, 6-a uy, telefon raqami: +998-95-198-00-91

Tahlil natijalari faqat ingliz tilida qabul qilinadi. Ushbu ma’lumotnoma aeroportda bortga chiqish talonini olishdan avval taqdim etilishi shart. Shuningdek Janubiy Koreyaga yetib kelgach mamlakatga kirish nazoratida ham ko’rsatiladi.

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!