Koreya Oliy tergov qo’mitasi chet ellik fuqarolarning jinoyat jabrlanuvchisi bo’lgan holatida ularga ko’mak berish tizimini joriy etmoqda

Koreya Oliy tergov qo’mitasi chet ellik fuqarolarning jinoyat jabrlanuvchisi bo’lgan holatida ularga ko’mak berish va qo’llab-quvvatlash maqsadida onlayn masalahat va ko’rsatmalar berish tizimini joriy etganini ma’lum qildi deb xabar qilmoqda Korea Times internet nashri. YouTube portalida xorijlik jinoyat qurbonlari jinoiy jarayonlar qanday bo’lishini video qo’llanmalar orqali o’rganib chiqishlari mumkin bo’lib, beshta tilda, jumladan Xitoy, Ingliz, Tailand, Vyetnam va Rus tillarida tomosha qilishi yoki 19 ta tilda telefon orqali konsultatsiya olishlari mumkin bo’ladi.

Shu oydan boshlab, Koreya Oliy tergov qo’mitasi qo’llab-quvvatlash dasturi bo’yicha 16 tilda yozilgan maxsus bukletlarni tarqatib, bunda har bir chet ellik fuqaroni maslahatga qamrab olish nazarda tutiladi. Chet ellik jinoyat jabrlanuvchilari qonunchilikka ko’ra o’zlarining oila a’zolari yoki tarjimonlari ishtirokida tergov va so’roq qilish jarayonida qatnashish imkoniga egalar. Mamlakatda jinsiy jinoyatlar, bolani xo’rlash va boshqa maishiy qiynoqqa solish kabi jinoyat qurbonlari bo’lganlar viza muddati yakuniga yetgan bo’lsada, jinoyat ishi yakunlanganiga qadar Koreyada qolishlari mumkin

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!