Janubiy Koreya aeroportlarida immigratsiya tekshiruvi jarayonida sun’iy intellekt (robotlashtirilgan xizmat) ni joriy qilish boshlanadi

Koreya ilm-fan va informatsion texnologiyalar vazirligi immigratsiya nazorati tizimida sun’iy intellekt (robotlashtirilgan xizmat) ni joriy qilish uchun 45 milliard won (37,6 mln dollar) ajratishga qaror qildi deb xabar qilmoqda Korea Herald internet nashri. Keyingi yildan boshlab Inchon xalqaro aeroportida ushbu smart tizim sinovdan o’tkazilishni boshlaydi.

Koreya Adliya vazirligi taqdim etadigan immigratsiya hujjatlaridan foydalangan holda, ushbu smart tizim mamlakatga tashrif buyuradigan xorijliklar shaxsiy ma’lumotlarini sinchiklab tahlildan o’tkazadi va potensial xavf to’g’risida darhol ogoh qiladi. Natijada immigratsiya tekshiruvidan o’tish jarayonida aeroportlarda inson xizmatidan avvaliga qisman, keyinchalik esa butunlay voz kechishga erishiladi deb ta’kidlanmoqda.

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!