🇰🇷 Koreyada karantin sababli yopilishi zarur bo’lgan xususiy o’quv markazlari yashirin faoliyat yuritsalar katta miqdorda jarimaga tortilishi ma’lum qilindi.

Koreya bo’ylab barcha maktablar koronavirus sababli vaqtinchalik yopilgan bo’lsa ham ba’zi bir xususiy o’quv markazlari ta’lim berishda davom etib karantin qoidalarini buzayotgani ma’lum bo’ldi deb xabar qilmoqda Korea Herald internet nashri. Ta’lim vazirligi esa ushbu jarayonda xususiy maktablarni oxirgi marta ogohlantirdi va bu hol davom etsa ushbu muassasalar butunlay berkitilishini bildirdi. Seulda joylashgan 25 mingdan ortiq o’quv muassasalaridan dastlab 11,3 foizi keyin esa 40 foizi karantin sababli yopildi, tekshiruv davomida o’zboshimchalik bilan o’quv markazlarini qayta ochadiganlar uchun 3 million won (2400 dollar) miqdorida jarima solinishiga sabab bo’ladi.

22-martdan buyon Koreya hukumati barchani karantinda 15 kungacha uyda qolishga da’vat qilib, faqatgina zarur ehtiyojlar uchun tashqariga chiqishni tavsiya qildi. Bundan tashqari diniy yig’inlar, sport musobaqalari va jamoaviy vaqtichog’liklardan tiyilish ham maslahat berilgan. 6-aprelda qayta ochilishi aytilayotgan maktablarning ishga tushishi yana kechiktirilishi ehtimoli mavjud. 19-noyabrda bo’lib o’tadigan institutlarga kirish imtixonlari ham bir yoki ikki haftaga kechiktirilishi ko’rib chiqilmoqda.

O'xshash

error: Ko\'chirishdan himoyalangan !!