
1. Kichkina shazoda Festivali
Sanasi: 1-dekabrdan 29-fevralgacha.
Joyi: Petite France Parki, Kapyong, Kyongi Provinsiyasi.
Har yilgi ushbu festival tungi chiroqlar bilan bezatilgan 30 metr uzunlikdagi tunnel yonida Ekzyuperi qalamiga mansub “Kichkina shahzoda” asarida tilga olingan B612 raqamli asteroid modeli o’rnatilgan. Jarayondan shuningdek, kuchukchalar tomoshasi ham o’rin olgan bo’lib, bilet narxi kattalarga 10 ming won, o’smirlarga 8 ming va bolalar uchun 6 ming won etib belgilangan.
Qo’shimcha ma’lumot uchun: www.pfcamp.com.
2. Pusan Yangi yil archasi Festivali
Sanasi: 20-dekabrdan 5-yanvargacha.
Joyi: Pusan shahrining Jung-gu tumani Gwangbok-ro ko’chasi.
Pusan shahrining Jung-gu tumani Gwangbok-ro ko’chalari bo’ylab 5-yanvargacha davom etadigan archa bayrami festivalida konsert, ko’cha raqslari va boshqa qiziqarli festivallar namoyish etiladi. Barcha yoshdagi qatnashuvchilar bepul kirish imkoniga ega.
Qo’shimcha ma’lumot uchun: bctf.kr
3. Tedjon Shanba Festivali
Sanasi: Dekabr oyining har shanbasi.
Joyi: Jungang tungi bozori, Tedjon.
DJ lar tomoshasi, mahalliy taomlar, ko’cha raqslari, bazm va ko’chma savdo rastalari tashkil qilinadigan ushbu tadbirda ishtirok etish barcha uchun ochiq.
Qo’shimcha ma’lumot uchun: www.saturdayfestival.com
4. E-World chiroqlar Festivali
Sanasi: Dekabr oyidan boshlab mart oyigacha.
Joyi: Tegu, E-World va 83-minora atrofi.
Tegu shahrida 10 million chiroqlardan hosil qilingan tungi festival E-World va 83-minora atrofida bo’lib o’tadi. Havo sharlari, atirgullar va niqobli dekoratsiyalar ushbu festivalning o’ziga xos tashrif qog’ozi hisoblanadi.
Qo’shimcha ma’lumot uchun: www.eworld.kr
скачать dle 11.0фильмы бесплатно