Koreya va Yaponiya o’rtasidagi hamkorlik munosabatlarini tiklashda AQSH vositachiligidan umid qilinmoqda

Janubiy Koreyaning AQSH dagi elchisi Li Su Hyuk fikricha Janubiy Koreya va Yaponiya o’rtasidagi harbiy hamkorlik shartnomasi bekor qilinishining oldi olinganida AQSH ning roli katta bo’lgan deb xabar qilmoqda Naver yangiliklar agentligi. Bunda AQSH har ikkala davlatga bosim o’tkazganligi aytilmoqda. Ushbu kelishuvdan chiqish ikki qo’shni davlatning o’zaro munosabatlariga yanada sovuqchilik tushirishga olib kelgan bo’lardi.
AQSHning bu kabi nizolarda vositachi rolini o’ynashi avvaldan ham mavjud bo’lib, ko’plab davlatlar o’rtasida yarashtiruvchi davlat maqomida bo’lib kelgan. AQSH Kongressi vakillari ham ushbu shartnomani bekor qilmaslik bo’yicha Koreya va Yaponiya davlati rahbarlariga murojaat yo’llagani aytilmoqda. Janubiy Koreya tarixan AQSH bilan yaxshi hamkorlik aloqalariga ega bo’lib, Shimoliy Koreya bilan yuzaga kelgan nizolarda ham uning yordamiga tayanib kelgan.
скачать dle 11.0фильмы бесплатно