Kirish Качественные шаблоны для dle скачать бесплатно, а также вы сможете посмотреть кино онлайн в HD качестве и прочитать для себя новые кулинарные рецепты.
 
  • 04:17 – Koreyada universitetlarga qabul qilish tizimi isloh qilinishi kutilmoqda 
  • 04:16 – Koreya Bosh vaziri fuqarolarga elektr energiyasini tejashni tavsiya qildi 
  • 04:25 – Seuldagi barcha maktablar hududida avtomobil tezligini cheklashni nazorat qiluvchi kameralar o’rnatiladi 
  • 04:24 – Inchon bojxona xizmatida shu yilgi holat bo’yicha 169 ta kontrabanda mahsulotlarini olib kirishning oldi olindi 

Koreyada bir kun ichida ikkita dengiz halokati ro’y berdi

Koreyada bir kun ichida ikkita dengiz halokati ro’y berdi


25-noyabr kuni Koreyaning Cheju oroli janubiy g’arbida joylashgan Mara orolchasi qirg’og’ida 24 tonnalik baliq ovlashga mo’ljallangan va ekipajida 14 ta a’zosi bo’lgan kema falokatga uchradi deb xabar qilmoqda Korea Times internet nashri. Koreya Qirg’oqbo’yi xavfsizligi xizmati xodimlari yordamida deyarli barcha ekipaj a’zolari qutqarilgan bo’lib, faqatgina bir kishi izsiz yo’qolgan deb aytilmoqda. Afsuski, qutqarilgan 13 nafar dengizchining 3 nafari kasalxonada vafot etganligi keyinchalik ma’lum bo’ldi.

Bundan tashqari, xuddi shu kuni Shimoliy Cholla provinsiyasi Gunsan qirg’og’ida ham yana bir kichik hajmli kema cho’kib ketgan bo’lib, 2 ta rus dengizchisi qutqarilgan va 70 yoshli koreys dengizchisi halok bo’lgan. Yana 2 ta dengizchi esa izsiz g’oyib bo’lgan.

Har ikkala halokatga ham aniq bir sabab aniqlanmagan bo’lsada, kuchli to’lqin ta’sirida ushbu hodisa vujudga kelgan deb aytilmoqda. Baliqchilik va Okeanlar agentligi ma’lumotiga binoan oxirgi 5 yil ichida 10 mingdan ortiq dengiz halokatlari sodir bo’lgan bo’lib, sentyabr va noyabr oylari oralig’ida aynan mavsumiy baliqchilik avj olganda ko’proq halokatlar sodir bo’ladi.скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Fikr bildirish
  • Muhokamada
  • Bugun
  • Ko`p o`qilgan
FreeCurrencyRates.com