Kirish Качественные шаблоны для dle скачать бесплатно, а также вы сможете посмотреть кино онлайн в HD качестве и прочитать для себя новые кулинарные рецепты.
 
  • 04:17 – Koreyada universitetlarga qabul qilish tizimi isloh qilinishi kutilmoqda 
  • 04:16 – Koreya Bosh vaziri fuqarolarga elektr energiyasini tejashni tavsiya qildi 
  • 04:25 – Seuldagi barcha maktablar hududida avtomobil tezligini cheklashni nazorat qiluvchi kameralar o’rnatiladi 
  • 04:24 – Inchon bojxona xizmatida shu yilgi holat bo’yicha 169 ta kontrabanda mahsulotlarini olib kirishning oldi olindi 

Koreya hukumati chet ellik rafiqalar huquq va manfaatlarini himoya qilishga kirishdi

Koreya hukumati chet ellik rafiqalar huquq va manfaatlarini himoya qilishga kirishdi
Koreya gender tengligi va oila vazirligi tomonidan bildirilgan taklifga ko’ra hukumat tomonidan avval jinoiy qilmish oqibatida ayblangan koreys erkaklari chet ellik ayol bilan turmush qurib uni Janubiy Koreyaga olib kelishiga ta’qiq qo’yildi deb xabar qilmoqda Korea Times internet nashri. Bundan tashqari chet ellik rafiqalar Koreya hududida oilaviy zo’ravonlikka uchrasalar bu haqda darhol maxsus mobil dastur orqali politsiyaga xabar berishlari imkoniga ega bo’ldi.

Shuningdek, hukumat registratsiyadan o’tmagan xalqaro nikoh vositachilari faoliyatiga ham keskin kurash olib borishga qaror qilgan. Bu choralardan ko’zlangan asosiy maqsad chet eldan kelgan immigrant rafiqalar huquqlarini himoya qilish va mamlakatda sog’lom nikoh holatlarini o’rnatishdir. Oxirgi 10 yil ichida maishiy zo’ravonlik, jinsiy tajovuz yoki bolani tahqirlash kabi huquqbuzarliklar sodir etgan koreys fuqarolariga chet eldan uylanishga ruxsat etilmaysligi belgilab qo’yildi.

2007-yildan beri 22 ta chet ellik rafiqalar o’z turmush o’rtoqlari tomonidan o’ldirilgan bo’lib, undan tashqari har 10 ta ayolning 4 tasi uyda maishiy zo’ravonlikdan aziyat chekishi aniqlangan. Ko’plab ayollar o’z erlarining ruxsatisiz viza muddatini uzaytirish imkonidan mahrum bo’lishlari sababli zo’ravonliklar haqida politsiyaga murojaat qilishga cho’chiydilar. Endilikda esa turmushdan ajragan ayollarga agarda bu holatga erlari aybdorligi isbotlansa ularga fuqarolik taqdim etilishi ham mumkinligi belgilab qo’yildi.скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Fikr bildirish
  • Muhokamada
  • Bugun
  • Ko`p o`qilgan
FreeCurrencyRates.com