Kirish Качественные шаблоны для dle скачать бесплатно, а также вы сможете посмотреть кино онлайн в HD качестве и прочитать для себя новые кулинарные рецепты.
 
  • 04:17 – Koreyada universitetlarga qabul qilish tizimi isloh qilinishi kutilmoqda 
  • 04:16 – Koreya Bosh vaziri fuqarolarga elektr energiyasini tejashni tavsiya qildi 
  • 04:25 – Seuldagi barcha maktablar hududida avtomobil tezligini cheklashni nazorat qiluvchi kameralar o’rnatiladi 
  • 04:24 – Inchon bojxona xizmatida shu yilgi holat bo’yicha 169 ta kontrabanda mahsulotlarini olib kirishning oldi olindi 

Koreya bo’ylab bir nechta fast food markazlari gigiena tekshiruvlaridan o’ta olishmadi

Koreya bo’ylab bir nechta fast food markazlari gigiena tekshiruvlaridan o’ta olishmadi
Oziq-ovqat xavfsizligi vazirligi mas’ullari tomonidan o’tkazilgan tekshiruv natijalariga muvofiq, Janubiy Koreyada faoliyat ko’rsatuvchi bir nechta fast-food markazlari sog’liqni saqlash normalarini jiddiy buzganliklari aniqlandi deb xabar qilmoqda Korea Herald internet nashri. 2 hafta davom etgan tekshiruv natijalariga ko’ra mamlakatdagi tasodifiy asosda tekshirilgan 14 ta burger restoranlaridan 19 tasi talab darajasiga javob bera olmagan.

Ushbu jiddiy tekshiruv global miqyosda mashxur bo’lgan uchta asosiy fast food tarmoqlari ya’ni McDonald’s, Burger King, KFC shuningdek Koreyaning milliy brendlari Lotteria and Mom’s Touch kabi tarmoqlar faoliyati bo’yicha amalga oshirilgan. Tekshiruv natijalaridan so’ng vazirlik barcha restoranlar tarmoqlari uchun keskin gigiena talablarini qo’yishga qaror qilgan. Bundan tashqari, ushbu tarmoqlar rahbarlari bilan o’zaro uchrashuv tashkil qilinishiga ham kelishib olingan.

Oziq-ovqat gigienasi bo’yicha qandaydir muammolarga duch kelgan iste’molchilar uchun vazirlikning 1399 raqamli telefoniga murojaat qilishlari va qaysi fast food markazlari tekshiruvdan o’ta olmaganini quyidagi saytdan ro’yxatini bilib olish mumkin: https://www.mfds.go.kr/.скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Fikr bildirish
  • Gost
  • 25-11-2019, 09:08
  • : 09:08
    • Нравится
    • 0
14tadan 19tasi talabga javob bermagan???
  • Muhokamada
  • Bugun
  • Ko`p o`qilgan
FreeCurrencyRates.com