Kirish Качественные шаблоны для dle скачать бесплатно, а также вы сможете посмотреть кино онлайн в HD качестве и прочитать для себя новые кулинарные рецепты.
 
  • 04:17 – Koreyada universitetlarga qabul qilish tizimi isloh qilinishi kutilmoqda 
  • 04:16 – Koreya Bosh vaziri fuqarolarga elektr energiyasini tejashni tavsiya qildi 
  • 04:25 – Seuldagi barcha maktablar hududida avtomobil tezligini cheklashni nazorat qiluvchi kameralar o’rnatiladi 
  • 04:24 – Inchon bojxona xizmatida shu yilgi holat bo’yicha 169 ta kontrabanda mahsulotlarini olib kirishning oldi olindi 

Koreyada 20 kun ichida o’z joniga qasd qilgan oilalar bo’yicha uchta holat qayd etildi

Koreyada 20 kun ichida o’z joniga qasd qilgan oilalar bo’yicha uchta holat qayd etildi
Inchon shahrida bir oilaning 3 nafar azosi va ular bilan yashovchi bir nafar ayol ijaraga olingan jamoat kvartirasida o’z joniga qasd qilgan holda ularning jasadlari topildi. Bu esa oxirgi 20 kun ichida Janubiy Koreyada qayd etilgan uchinchi shunday voqea bo’lib qoldi deb xabar qilmoqda Korea Herald internet nashri.

Inchondagi Gyeyang Politsiya mahkamasi ta’kidlashicha 20-noyabr sanasida mahalliy o’t o’chirish brigadasi xodimlari ushbu xonadondan 48 yoshli ayol, uning 23 yoshli o’g’li va 19 yoshli qizining vafot etgan tanalarini soat 12.40 larda aniqlagan va ular bilan qizning dugonasi ham halok bo’lgan. Ular o’z joniga qasd qilishi haqida o’z tanishlariga xabar qilgan va ushbu shaxs zudlik bilan politsiyaga xabar qilgan.

Xonadondan 4 dona vidolashuv xati topilgan bo’lib, ularda moliyaviy qiyinchiliklar sababli ular bu ishga qo’l urishga majbur bo’lganliklari yozib qoldirilgan. Xonadon sohibasi o’tgan yili ishsiz qolganligi sababli hukumat moddiy yordamidan boshqa hech qanday moliyaviy mablag’lari bo’lmagan.

Bu kabi holat joriy yilning 6-noyabrida Kyongi-do provinsiyasida ham sodir bo’lgan bo’lib, 57 yoshli ota va uning 3 va 5 yoshli farzandlari avtomashina ichidan o’lik holda topilgan edi. Joniga qasd qilish sababi unda ham moliyaviy qiyinchiliklar muammosi bo’yicha ekanligi aniqlangan edi. Undan tashqari, 2 kun avval ham 70 yoshli ona vaa uning 3 nafar qizi ham uy ijarasi uchun haqlarini to’lamaganligi va katta miqdorda qarzga kirib qolganligi sababli o’z joniga baravariga qasd qilgan edilar.скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Fikr bildirish
  • Muhokamada
  • Bugun
  • Ko`p o`qilgan
FreeCurrencyRates.com