Kirish Качественные шаблоны для dle скачать бесплатно, а также вы сможете посмотреть кино онлайн в HD качестве и прочитать для себя новые кулинарные рецепты.
 
  • 16:27 – Janubiy Koreya o’tgan oy yakuni bo’yicha kemasozlik sohasida jahondagi yetakchi davlat maqomini qaytarib oldi 
  • 16:26 – Janubiy Koreya mudofaa va harbiy sohada islohot o’tkazishga qaror qildi 
  • 17:00 – Inchonda Koreyaning “Las-Vegas” shahri modeli barpo etiladi 
  • 16:52 – Pusanda baland binodan parashutda sakragan ikki rus fuqarosi qo’lga olindi 

Koreya hukumati havodagi mayda chang zarralari bilan kurashish uchun keskin choralarni ko’rishga qaror qildi

Koreya hukumati havodagi mayda chang zarralari bilan kurashish uchun keskin choralarni ko’rishga qaror qildi
Shu yilning dekabr oyidan Seul va boshqa 6 ta yirik metropolitan Koreya shaharlarida muhim bo’lmagan jamoat transportlari harakati havodagi chang zarralarini kamaytirish maqsadida cheklanadi deb xabar bermoqda Yonhap News agentligi. Bosh vazir Li Nak Yon va atrof-muhitni himoya qilish maxsus qo’mitasi vakillari bilan uchrashuv chog’ida 2005-yildan avval ishlab chiqarilgan va tabiatga zararliligi bo’yicha 5-darajaga ega bo’lgan transportlar, ya’ni dizelda harakatlanuvchi mashinalar yo’llardan olib tashlanadi.

Agarda havodagi mayda chang zarralari miqdori keskin oshib, vaziyat xavfli tus olsa, barcha jamoat transportlari, shuningdek xususiy avtomobillar harakati ham vaqtincha cheklanishi belgilab olindi. Bundan tashqari ko’mir vositasida ishlovchi elektr stansiyalarda ham ba’zi bir cheklovlar o’rnatilishi nazarda tutilmoqda. 2021-yilgacha esa barcha turdagi stansiyalar maxsus filtrlar bilan jihozlanadi. Xitoy bilan chegarada ham qurilgan zavodlarning havoga ifloslantiruvchi moddalar chiqarishini kamaytirish maqsadida bir qator kelishuvlar ko’rib chiqilmoqda.скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Fikr bildirish
  • Muhokamada
  • Bugun
  • Ko`p o`qilgan
FreeCurrencyRates.com