Kirish Качественные шаблоны для dle скачать бесплатно, а также вы сможете посмотреть кино онлайн в HD качестве и прочитать для себя новые кулинарные рецепты.
 
  • 16:27 – Janubiy Koreya o’tgan oy yakuni bo’yicha kemasozlik sohasida jahondagi yetakchi davlat maqomini qaytarib oldi 
  • 16:26 – Janubiy Koreya mudofaa va harbiy sohada islohot o’tkazishga qaror qildi 
  • 17:00 – Inchonda Koreyaning “Las-Vegas” shahri modeli barpo etiladi 
  • 16:52 – Pusanda baland binodan parashutda sakragan ikki rus fuqarosi qo’lga olindi 

Koreyada sil (tuberulez) kasalligi bilan jiddiy kurash boshlandi

Koreyada sil (tuberulez) kasalligi bilan jiddiy kurash boshlandi
Janubiy Koreyada tuberkulez (sil) kasalligidan aziyat chekadiganlar soni yuqori darajada bo’lib, har yuz ming insondan beshtasida sil kasalligi qayd etilgan. Jahon Sog’liqni Saqlash tashkiloti tomonidan berilgan ma’lumotga ko’ra dunyo bo’ylab o’rtacha har yuz ming odamdan 0,9 tasida sil kasalligi mavjudligi esa Koreyada bu muammo jiddiyligini anglatadi.

Sil kasalligi bilan tashxis qo’yilgan bemorlar ish, o’qish, kasalxona va boshqa jamoat joylarida alohida sharoitlarda saqlanishi kerakligi hukumat tomonidan qat’iy talab qilinmoqda. Yaqindagina tuberkulezni oldini olish bo’yicha chiqarilgan maxsus hujjatda ham mazkur kasallikni yuqtirib olganlar insonlar bilan yuzma-yuz muloqot qilishi mumkin bo’lgan ishlarda ishlashi mumkin emasligi belgilab qo’yildi.

Bundan tashqari sil bilan og’riganlar, biroq boshqalarga yuqtirib olish xavfidan holi bo’lganlar ham bolalar bog’chalari, kemalar, samolyotlar, restoranlar, kasalxonalar shuningdek mehmonxona biznesida ishlashlariga ta’qiq qo’yildi. Sil kasalligi havo orqali yuqib, inson yo’talganda, aksirganda yoki tuflaganda boshqalarga tezda yuqib qolishi xavfi mavjud. Ish beruvchilar ham agarda xodimlaridan biri bu kasallik bilan og’riganini sezib qolsa darhol yaqin atrofdagi sog’liqni saqlash muassasasiga xabar berishi lozim, aks holda 10 million wongacha jarimaga tortiladilar.скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Fikr bildirish
  • Muhokamada
  • Bugun
  • Ko`p o`qilgan
FreeCurrencyRates.com