Kirish Качественные шаблоны для dle скачать бесплатно, а также вы сможете посмотреть кино онлайн в HD качестве и прочитать для себя новые кулинарные рецепты.
 
  • 16:27 – Janubiy Koreya o’tgan oy yakuni bo’yicha kemasozlik sohasida jahondagi yetakchi davlat maqomini qaytarib oldi 
  • 16:26 – Janubiy Koreya mudofaa va harbiy sohada islohot o’tkazishga qaror qildi 
  • 17:00 – Inchonda Koreyaning “Las-Vegas” shahri modeli barpo etiladi 
  • 16:52 – Pusanda baland binodan parashutda sakragan ikki rus fuqarosi qo’lga olindi 

Janubiy Koreyada navbatdagi “arzon narxli” aviakompaniya faoliyat boshladi

Janubiy Koreyada navbatdagi “arzon narxli” aviakompaniya faoliyat boshladi
Janubiy Koreya transport vazirligi mamlakatning navbatdagi arzon narxli avialiniya kompaniyasiga litsenziya taqdim qildi deb xabar qilmoqda Korea Herald internet nashri. Fly Gangwon nomli ushbu aviakompaniya Koreyaning 7-raqamli arzon aviatashuvchisi bo’lib, keying oydan parvozlarni amalga oshirishga kirishadi. Ushbu kompaniya Koreya aviaxizmatlari uchun raqobat muhitini kuchaytirib berishi kutilmoqda. Bugungi kunda Janubiy Koreyada oltita arzon yo’nalishli aviakompaniyalar faoliyat ko’rsatib, ular jumlasiga Jeju Air Co., Jin Air Co., Air Busan Co., Air Seoul Inc., Eastar Jet and T'way Airlines kabi kompaniyalar kiradi.

Aviatsiya xizmati ushbu kompaniyaning parvozlarga tayyorgarlik jarayoni, uchuvchilar rejimi va samolyotlar texnik holatini birinchi oyda to’liq nazorat qilib boradi. Olti oy o’tgach esa kompaniya yana bir bor to’liq xavfsizlik teshiruvidan o’tkaziladi. Hozirda Fly Gangwon kompaniyasiga tegishli ikkita yo’nalish mavjud bo’lib, Yangyang-Cheju yo’nalishida parvozlarni amalga oshiradi. Keyingi yildan esa yana 5 ta yo’nalishga ega bo’lib, Tayvan, Xitoy va Janubiy Sharqiy Osiyo davlatlariga ham parvozlar yo’lga qo’yiladiскачать dle 11.0фильмы бесплатно
Fikr bildirish
  • Muhokamada
  • Bugun
  • Ko`p o`qilgan
FreeCurrencyRates.com