Kirish Качественные шаблоны для dle скачать бесплатно, а также вы сможете посмотреть кино онлайн в HD качестве и прочитать для себя новые кулинарные рецепты.
 
  • 16:27 – Janubiy Koreya o’tgan oy yakuni bo’yicha kemasozlik sohasida jahondagi yetakchi davlat maqomini qaytarib oldi 
  • 16:26 – Janubiy Koreya mudofaa va harbiy sohada islohot o’tkazishga qaror qildi 
  • 17:00 – Inchonda Koreyaning “Las-Vegas” shahri modeli barpo etiladi 
  • 16:52 – Pusanda baland binodan parashutda sakragan ikki rus fuqarosi qo’lga olindi 

Koreyada nolegal ishchilarga qarshi reyd o’tkazish jarayoni qanday kechmoqda?

Koreyada nolegal ishchilarga qarshi reyd o’tkazish jarayoni qanday kechmoqda?
O’tgan oyda Janubiy Koreyada noqonuniy tarzda ishlab kelgan Tailandlik 29 yoshli erkakning Janubiy Kyongsang provinsiyasi Kimhe shahridagi tog’ yaqinidagi zavodda immigratsiya ofisi xodimlari tomonidan o’tkazilgan reyd davomida ulardan qochaman deb hushsiz holda topilgani va vafot etgan edi. Bu esa immigratsiya xodimlari va ularning xatti-harakatlariga nisbatan keskin norozilik uyg’otmoqda deb xabr qilmoqda Korea Herald internet nashri.

Zavoddan 100 metr uzoqlikda topilgan ushbu ishchi darhol kasalxonaga yetkazilgan biroq, ichki organlariga yetkazilgan zarar oqibatida hayotdan ko’z yumgan. O’tkazilgan tekshiruvlar oqibatida uning o’limiga sabab immigratsiya xodimalridan qochaman deb tanasining kuchli zo’riqishi deb aytilmoqda. Reyd davomida 8 ta nolegal ishchi qo’lga olingan bo’lib, 3 ta si Tailand, 4 tasi Xitoy va bittasi Vyetnam fuqarolari bo’lgan. Bunday reydlar davomida ko’plab noqonuniy migrantlar jarohatlanishi xattoki vafot etishi holatlari tez-tez uchrab turishi sababli mazkur masalada immigratsiya xodimlariga oshiqcha vakolatlar berib yuborilgan degan noroziliklar avjiga chiqmoqda.

Aytilishicha, reydlar davomida qo’rquvga tushgan noqonuniy ishchilar zavod ichida qochishga harakat qilgani uchun ishlab turgan stanoklar va xavfli obyektlar bilan to’qnashib ketishi oqibatida jarohat olishmoqda. Nolegal ishchilarga nisbatan xuddi jinoyatchini ushlaganday keskin harakat qilish esa umuman qonunga zid ekanligi, reydni boshlashdan oldin tegishli hujjatlarni ko’rsatishi lozimligiga qaramay ular qonunchilikka to’liq rioya qilmayaptilar. Statistik ma’lumotlarga ko’ra bunday reydlar davomida shu paytgacha 7 kishi vafot etib, 70 ga yaqin inson jarohatlangan.скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Fikr bildirish
  • Muhokamada
  • Bugun
  • Ko`p o`qilgan
FreeCurrencyRates.com