Kirish Качественные шаблоны для dle скачать бесплатно, а также вы сможете посмотреть кино онлайн в HD качестве и прочитать для себя новые кулинарные рецепты.
 
  • 16:27 – Janubiy Koreya o’tgan oy yakuni bo’yicha kemasozlik sohasida jahondagi yetakchi davlat maqomini qaytarib oldi 
  • 16:26 – Janubiy Koreya mudofaa va harbiy sohada islohot o’tkazishga qaror qildi 
  • 17:00 – Inchonda Koreyaning “Las-Vegas” shahri modeli barpo etiladi 
  • 16:52 – Pusanda baland binodan parashutda sakragan ikki rus fuqarosi qo’lga olindi 

Janubiy Koreyada har yilgi an’anaviy kollejga kirish milliy imtihonlari shu yilning 14-noyabrida o’tkaziladi

Janubiy Koreyada har yilgi an’anaviy kollejga kirish milliy imtihonlari shu yilning 14-noyabrida o’tkaziladi
Janubiy Koreyada har yilgi an’anaviy kollejga kirish milliy imtihonlari shu yilning 14-noyabrida o’tkazilishi e’lon qilindi deb xabar qilmoqda Korea Herald internet nashri Koreya Ta’lim vazirligi bergan ma’lumotga tayanib. Bu esa o’z navbatida jamoat transporti va hukumat idoralaridagi ish soatlariga ham o’z ta’sirini o’tkazadi. Bu yilgi imtihonlarda 540 mingdan ortiq maktab bitiruvchilari CSAT (College Scholastic Aptitude Test) ni topshirishi kutilib, koreyslar orasida “sunyung” imtihoni deb ham ataladi.

Imtihon soat 8.40 dan kechki 5.40 gacha davom etib, mamlakat bo’ylab 1.185 ta maktabda o’tkaziladi. Yilda bir marta o’tkaziladigan ushbu imtihonda ko’plab ota-onalar kuni bilan farzandlarini imtihon o’tkaziladigan bino hududida kutib o’tirishadi. Ushbu voqea butun Koreya bo’ylab eng ahamiyatli tadbir hisoblanib, politsiya xodimlari ham kech qolganlarni imtihon o’tkaziluvchi binolarga yetkazib qo’yishda yordan beradilar. Ushbu kunda davlat idoralari ish soatini bir soat kechroq ya’ni soat 10.00 dan boshlashlariga ruxsat etilgan. Buning sababi esa transport harakatida yuzaga keladigan tirbandlikdan kelib chiqadi.скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Fikr bildirish
  • Muhokamada
  • Bugun
  • Ko`p o`qilgan
FreeCurrencyRates.com