Kirish Качественные шаблоны для dle скачать бесплатно, а также вы сможете посмотреть кино онлайн в HD качестве и прочитать для себя новые кулинарные рецепты.
 
  • 16:00 – Koreyada nolegal ishchilarga qarshi reyd o’tkazish jarayoni qanday kechmoqda? 
  • 15:56 – Janubiy Koreyada har yilgi an’anaviy kollejga kirish milliy imtihonlari shu yilning 14-noyabrida o’tkaziladi 
  • 04:19 – Inchonda ketma-ket 3 ta transport vositasi urib yuborgan shaxs voqea joyida vafot etdi 
  • 04:39 – Koreyada uy hayvonlariga g’amxo’rlik qilish xizmatlari sohasi ommalashib bormoqda 

Janubiy Koreya pasporti qudrati dunyo reytingida 3-o’rinda qayd qilindi

Janubiy Koreya pasporti qudrati dunyo reytingida 3-o’rinda qayd qilindi
enley & Partners kompaniyasi ma’lumotlariga tayanib Korea Times internet nashri xabar berishicha, Janubiy Koreya fuqarolik pasporti dunyoning qudratli pasportlari reytingida uchinchi o’rida turishi qayd etildi. The 2019 Henley Passport Indeksiga ko’ra ushbu reyting fuqarolarning boshqa davlatlarga hech bir to’siqsiz va muammosiz chiqa olishlaridan kelib chiqib ishlab chiqilgan bo’lib, Janubiy Koreya fuqarolari Germaniya va Finlandiya fuqarolari kabi dunyoning 188 ta davlatiga vizasiz chiqa oladilar.

Faqatgina Singapur va Yaponiya fuqarolarigina dunyoning 190 ta davlati hududiga hech qanday vizasiz ma’lum bir muddatga chiqish imkoniga egalar. Eng quyi o’rinlarda esa Afg’oniston 25 ta, Iroq 27 ta, Suriya 29 ta va Somali 31 ta davlatga vizasiz chiqa olish imkoniga ega bo’lishlari bilan joylashgan.

Quyida ushbu reytingdan o’rin olgan davlatlar nechta davlatga vizasiz chiqa olishiga qarab keltirilgan:

Yuqori o’rinlarda:
1. Singapur, Yaponiya (190)
2. Janubiy Koreya, Germaniya, Finlandiya (188)
3. Italiya, Daniya, Lyuksemburg (187)
4. Fransiya, Ispaniya, Shvetsiya (186)
5. Avstriya, Gollandiya, Portugaliya (185)

Quyi o’rinlarda:
1. Afg’oniston (25)
2. Iroq (27)
3. Suriya (29)
4. Somali, Pokiston (31)
5. Yaman (33)скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Fikr bildirish
  • Muhokamada
  • Bugun
  • Ko`p o`qilgan
FreeCurrencyRates.com