Kirish Качественные шаблоны для dle скачать бесплатно, а также вы сможете посмотреть кино онлайн в HD качестве и прочитать для себя новые кулинарные рецепты.
 
  • 16:00 – Koreyada nolegal ishchilarga qarshi reyd o’tkazish jarayoni qanday kechmoqda? 
  • 15:56 – Janubiy Koreyada har yilgi an’anaviy kollejga kirish milliy imtihonlari shu yilning 14-noyabrida o’tkaziladi 
  • 04:19 – Inchonda ketma-ket 3 ta transport vositasi urib yuborgan shaxs voqea joyida vafot etdi 
  • 04:39 – Koreyada uy hayvonlariga g’amxo’rlik qilish xizmatlari sohasi ommalashib bormoqda 

Janubiy Koreyada jinoyatdan keyin qochib qolgan qozogʻistonlik sababli noqonuniy shaxslar uchun immigratsiya qoidasi oʻzgartirildi

 Janubiy Koreyada jinoyatdan keyin qochib qolgan qozogʻistonlik sababli noqonuniy shaxslar uchun immigratsiya qoidasi oʻzgartirildi
Janubiy Koreyada noqonuniy immigrantlarning mamlakatdan chiqib ketishi qoidalariga
oʻzgartirishlar kiritiladi. Bu haqda Korea Times nashri xabar berdi. Endilikda noqonuniy muhojirlar mamlakatdan ketishidan 15 kun avval immigratsiya markazini ogohlantirib, tekshiruvdan
oʻtishi kerak boʻladi.
Migratsiya qonunchiligiga tuzatmalarni Janubiy Koreyaning Chxanvon shahrida 20 yoshli qozogʻistonlik 7 yoshli bolani mashinada urib yuborib, soʻngra mamlakatdan chiqib ketishga muvaffaq bo'lgandan keyin qabul qilishga qaror qilindi.
Mashʼum yoʻl-transport hodisasigacha Janubiy Koreyadagi nokonuniy muhojirlar rasmiy idoralarni ogohlantirmay mamlakatdan keta olganlar.
Janubiy Koreya adliya vazirligida noqonuniy muhojirlar ogohlantirishsiz mamlakatni tark eta olmasliklari aytilgan. Yangi qoidalar 14-oktyabrdan kuchga kiradi.
Avtohalokat 18-sentyabrda yuz bergan. Bolani doʻkondan uyiga qaytayotganida mashina urib
yuborgan. Bolani urib yuborgan avtomobil voqea joyidan bir necha kilometr uzoqlikda topilgan.
Bolaning otasi gumonlanuvchi voqeaning ertasi kuni Inchxon aeroportidan uchib ketganini, buni
unga politsiyada maʼlum qilishganini aytgan.
Qozogʻiston tashqi ishlar vazirligida maʼlum qilinishicha, gumonlanuvchi uchinchi davlat hududida yashirinmoqda.скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Fikr bildirish
15 kun avval ogohlantirish uchun borganda nelegalga nelegal bo'lgani uchun jazo tariqasida boshqa jinoyatlarni bo'yniga qo'yib yubormasmikin? Shunisi shubxalantirdi
  • Muhokamada
  • Bugun
  • Ko`p o`qilgan
FreeCurrencyRates.com