Kirish Качественные шаблоны для dle скачать бесплатно, а также вы сможете посмотреть кино онлайн в HD качестве и прочитать для себя новые кулинарные рецепты.
 
  • 16:00 – Koreyada nolegal ishchilarga qarshi reyd o’tkazish jarayoni qanday kechmoqda? 
  • 15:56 – Janubiy Koreyada har yilgi an’anaviy kollejga kirish milliy imtihonlari shu yilning 14-noyabrida o’tkaziladi 
  • 04:19 – Inchonda ketma-ket 3 ta transport vositasi urib yuborgan shaxs voqea joyida vafot etdi 
  • 04:39 – Koreyada uy hayvonlariga g’amxo’rlik qilish xizmatlari sohasi ommalashib bormoqda 

Seul dunyodagi eng xavfsiz shaharlar orasida 8-o’rinni qayd etdi

Seul dunyodagi eng xavfsiz shaharlar orasida 8-o’rinni qayd etdi
Ekonomist nashri ma’lumotiga ko’ra, Seul shahri dunyodagi eng xavfsiz shaharlar reytingida 8-o’rinda qayd etildi deb xabar bermoqda Korea Times internet agentligi. Dunyodagi 60 ta yirik shaharlarni o’z ichiga olgan ushbu reytingda 50 dan ortiq ko’rsatkichlar bo’yicha shaharlar xavfsizligi baholangan bo’lib, ular qatoriga infrastruktura, raqamli xavfsizlik, sog’liq xavfsizligi va shaxsiy xavfsizlik kabi masalalar bo’yicha shaharlarga baho berilgan.

Birinchi o’rinda esa Koreyaga qo’shni bo’lgan Yaponiya poytaxti Tokio shahri qayd etilgan bo’lib, keyingi o’rinlarni esa Singapur va Osaka shaharlari egallagan. Sog’liq xavfsizlihi holati bo’yicha Seul uchinchi o’rinda qayd etilgan. Bu borada esa meditsina ishonchliligi, oziq-ovqat sifati, suv va havo holati, shuningdek favqulodda tez yordam xizmati holatlari inobatga olingan.

Quyidagi reytingda kuchli o’nlik shaharlari ilova qilinmoqda:

1. Tokyo, Yaponiya
2. Singapur
3. Osaka, Yaponiya
4. Amsterdam, Gollandiya
5. Sidney, Avstraliya
6. Toronto, Kanada
7. Washington DC, AQSH
8. Seul, Koreya
9. Kopengagen, Daniya
10. Melburn, Avstraliyaскачать dle 11.0фильмы бесплатно
Fikr bildirish
  • Muhokamada
  • Bugun
  • Ko`p o`qilgan
FreeCurrencyRates.com