Kirish Качественные шаблоны для dle скачать бесплатно, а также вы сможете посмотреть кино онлайн в HD качестве и прочитать для себя новые кулинарные рецепты.
 
  • 16:00 – Koreyada nolegal ishchilarga qarshi reyd o’tkazish jarayoni qanday kechmoqda? 
  • 15:56 – Janubiy Koreyada har yilgi an’anaviy kollejga kirish milliy imtihonlari shu yilning 14-noyabrida o’tkaziladi 
  • 04:19 – Inchonda ketma-ket 3 ta transport vositasi urib yuborgan shaxs voqea joyida vafot etdi 
  • 04:39 – Koreyada uy hayvonlariga g’amxo’rlik qilish xizmatlari sohasi ommalashib bormoqda 

Koreys ovqatlanish madaniyati qoidalari

Koreys ovqatlanish madaniyati qoidalari
Janubiy Koreyada ko’pchilikning sevimli dam olish rejasi bu ishchilar o’zaro yig’ilib “o’tirish” (회식) uyushtirish hisoblanadi. Bunda albatta milli taomlardan iste’mol qilinib dasturxon atrofida suhbat qurish odati keng tarqalgan. Shu jarayonda koreys dasturxon atrofida o’tirish va ovqatlanish madaniyatidab boxabar bo’lish lozim. Shuning uchun quyida koreys stoli atrofida o’zini tutishning asosiy qoidalarini eslatib o’tmoqchimiz.

1. Dastlab odatga ko’ra sho’rva yoki kimchi sharbati, undan so’ng esa guruch yoki boshqa taomlar iste’mol qilinadi. Guruch, suyuq taomlar uchun qoshiqdan, boshqa turdagi taomlar uchun esa koreys tayoqchalari (젓가락) dan foydalanish kerak.
2. Qoshiq va tayoqchalarni idishlarga urib shovqin chiqarish odobsizlik sanaladi.
3. Ovqatlanish jarayonida guruch yoki sho’rva kosasini qo’lga olib ovqatni yeyish madaniyatsizlik deb hisoblanadi.
4. Qoshiqni guruchli ovqatga sanchib qo’yish ham hurmatsizlikdir.
5. O’zingizga yoqmaydigan sabzavot yoki mahsulotni ovqat ichidan terib olib tashlash harakatini amalga oshirmaslikka harakat qiling.
6. Go’sht suyaklari yoki baliq qiltanoqlarini boshqalar ko’ziga tushib turmasligi uchun salfetka yoki qog’ozga o’rab qo’yish lozim.
7. Aksirish yoki yo’talishga to’g’ri kelib qolsa yuzni teskari burib, og’izni qo’l yoki sochiqcha bilan berkitish kerak.
8. Qo’l bilan ovqatni yemaslik, ovqatni faqat bir tarafidan yeyish ham zarur talab hisoblanadi.
9. Ovqatlanish paytida dasturxonni sababsiz tark eta ko’rmang, bu hurmatsizlik belgisi.
10. Stolda sizdan uzoqroqda turgan narsani cho’zilib olish emas, yaqinida o’tirgan odamga uzatib yuborishni iltimos qilgan ma’qul.скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Fikr bildirish
Men Koreyaga 2017-yil 17-dekabrda kelganman shu paytgacha biror martayam zavodimizda 회식 bo‘lgani yo‘q odatda koreslar juda ko‘p ziyofat qilishadi deb bilardik
  • Muhokamada
  • Bugun
  • Ko`p o`qilgan
FreeCurrencyRates.com