Kirish Качественные шаблоны для dle скачать бесплатно, а также вы сможете посмотреть кино онлайн в HD качестве и прочитать для себя новые кулинарные рецепты.
 
  • 16:27 – Janubiy Koreya o’tgan oy yakuni bo’yicha kemasozlik sohasida jahondagi yetakchi davlat maqomini qaytarib oldi 
  • 16:26 – Janubiy Koreya mudofaa va harbiy sohada islohot o’tkazishga qaror qildi 
  • 17:00 – Inchonda Koreyaning “Las-Vegas” shahri modeli barpo etiladi 
  • 16:52 – Pusanda baland binodan parashutda sakragan ikki rus fuqarosi qo’lga olindi 

Koreya kichik biznes korxonalari chet elliklar ish haqini qisqartirishni so’ramoqda.

Koreya kichik biznes korxonalari chet elliklar ish haqini qisqartirishni so’ramoqda.
Koreyada faoliyat ko’rsatuvchi kichik biznes korxonalari chet elliklar uchun eng kam minimum ish haqini qisqartirishni hukumatdan so’ramoqda. 2019-yilning 10-iyun sanasida o’tkazilgan Kasaba uyushmalari federatsiyasi konferensiyasida ish beruvchilar vakillari tomonidan ushbu fikr o’rtaga tashlangan. Sababi, har yili iyul oyida keyingi yil uchun eng kam ish haqi miqdori e’lon qilinib, odatda ushbu summa doimo oshirib kelingan. Biroq, ish beruvchilarning katta qismi ta’kidlashicha o’tgan ikki yil ichida ish haqining keskin oshirilishi sababli, ko’plab kichik biznes korxonalari yopilib ketishga majbur bo’lgan.

Shu sababli, ish beruvchilar hukumatdan aynan chet elliklar uchun alohida haq to’lash tizimini ishlab chiqishni talab qilishmoqda. Chunki malakasi past bo’lgan, qolaversa koreys tilidan muloqot qila olish darajasi past chet elliklar uchun bunday miqdordagi mablag’ni to’lash o’zini oqlamaydi. Koreya Kichik va o’rta biznes federatsiyasi ma’lumotlariga ko’ra joriy yil boshidan buyon chet ellik malakasiz ishchilar, ya’ni E-9 viza egalari ish mahsuldorligi oddiy koreys ishchisiga solishtirganda 87 foizni tashkil qilgan.

Amaldagi prezident Mun Jae In esa saylovlarda 2020-yilga kelib eng kam ish haqini soatiga 10 ming won qilib belgilashga va’da bergan edi. Eslatib o’tamiz hozirgi kunda eng kam ish haqi soatiga 8350 won ni tashkil qiladi. Biroq, chet ellik ishchilarga nisbatan yangi va alohida to’lov tizimi ishlab chiqish ilojsiz masala bo’lib, sababi diskrimatsiya (kamsitish) bo’yicha xalqaro huquq normalari buzilishi mumkin.скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Fikr bildirish
  • Muhokamada
  • Bugun
  • Ko`p o`qilgan
FreeCurrencyRates.com