Kirish Качественные шаблоны для dle скачать бесплатно, а также вы сможете посмотреть кино онлайн в HD качестве и прочитать для себя новые кулинарные рецепты.
 
  • 16:00 – Koreyada nolegal ishchilarga qarshi reyd o’tkazish jarayoni qanday kechmoqda? 
  • 15:56 – Janubiy Koreyada har yilgi an’anaviy kollejga kirish milliy imtihonlari shu yilning 14-noyabrida o’tkaziladi 
  • 04:19 – Inchonda ketma-ket 3 ta transport vositasi urib yuborgan shaxs voqea joyida vafot etdi 
  • 04:39 – Koreyada uy hayvonlariga g’amxo’rlik qilish xizmatlari sohasi ommalashib bormoqda 

Janubiy Koreyani tark etishdan avval e'tibor qilish lozim bo’lgan muhim jihatlar…

Janubiy Koreyani tark etishdan avval e'tibor qilish lozim bo’lgan muhim jihatlar…
Ko’pincha Koreyani o’qish yoki ish muddati tugagach tark etib, ma’lum muddat o’tgach yana ushbu davlatga tashrif buyurishga to’g’ri kelib qolishi mumkin. Shunday hollarda qayta viza olishda ma’lum bir to’siqlar paydo bo’lmasligi uchun o’z vaqtida Koreyani tark etishdan oldin amal qilish lozim bo’lgan ba’zi bir kichik qoidalarga rioya qilish lozim.

Koreyani tark etish kuni yoki undan bir kun avval gaz, elektr va suv ta’minoti kommunal korxonalariga qo’ng’iroq qilib, qancha qarzdorlik yuzaga kelganligini aniqlashtirib olish lozim. Keyinchalik ko’ngilsiz muammolar yuzaga kelmasligi uchun kommunal korxonalardan qarzdorlikni o’z vaqtida yopib ketish tavsiya qilinadi. Agarda ishonchli shaxs bo’lsa ma’lum miqdordagi pulni ushbu shaxsga topshirib ketsangiz ham bo’ladi va u sizning nomingizdan to’lovlarni amalga oshirib qo’yishi mumkin. Agarda bu kabi tanishingiz yo’q bo’lsa, unda bank hisob raqamingizni yopmasdan yetarlicha mablag’ni qoldirib uni avto to’lovga sozlab qo’yish imkoni ham mavjud.

Agarda kreditga mobil telefon yoki maishiy texnika buyumlarini xarid qilgan bo’lsangiz ham ulularni haqini to’liq uzib ketish esdan chiqmasligi kerak. Arzimas summa sababli kelajakda Koreya davlatiga kirish imkoniyatini qiyinlashtirib yuborishni xohlamasangiz bu qarzdorlikni ham yodda tuting.

Bu kabi amaliy tadbirlar Koreyaga qayta kirib kelganda turli xil kichik bahonalar bilan vizaga rad javobi berilishini oldini olishga xizmat qiladi.скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Fikr bildirish
  • Javlon
  • 02-07-2019, 08:56
  • : 08:56
    • Нравится
    • 0
Assalom alekum. Meni bir savolim bor edi. Men Koreyaga öqishga kelib malum sabablar tufayli noqonuniy yani nelegal bolib qolganman. Öqib yurgan paytimda linephone yani layfonga telefon ogandim. Nelegal chiqqandan kn oyma oy tolovini tolamadim. Savolim shuki Koreyadan chiqib ketayotgan kunim bunga nisbatan qanday chora korishadi aeroportda? Qarzdorligim undiriladimi yoki bunga ahamiyat berishmaydimi? Javob bersangiz xursand bolar edim. Oldindan raxmat.
  • Muhokamada
  • Bugun
  • Ko`p o`qilgan
FreeCurrencyRates.com